Qoraqalpog‘iston va Xorazmga tuz bo‘roni yopirildi (foto, video)
26 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, Qoraqalpog‘iston respublikasi hududiga yomg‘ir aralash tuz bo‘roni yopirildi. Bu bo‘ron 27 may kuni tongda Xorazm viloyati markazi Urganch shahriga yetib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu tabiiy ofat oqibatlari tasvirlangan suratlar tarqalgan.
Hudud aholisi ayni vaqtda nafas olishdagi muammolardan shikoyat qilmoqda, ularga niqob taqib yurish tavsiya qilingan.
Taxminlarga ko‘ra bu bo‘ron shimoldan Qozog‘iston orqali kelgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, keyingi ikki oy mobaynida ushbu hududlardagi kanallarga suv yetib bormasligi oqibatida yerdan tuz ko‘tarilgani aytilmoqda.
Qayd etishlaricha, shu yilning mart oyida ham tuz bo‘roni ko‘tarilgan va ekinlarga zarar yetkazilgandi.
Ayni damda bu hududda joriy yilgi dehqonchilik katta falokat yoqasida qolgan.
Bundan avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida dehqonlar suv muammosi tufayli ekin ishlarini amalga oshira olishmayotgani ma'lum bo‘lgandi. Undan tashqari, hududda ichimlik suvi muammosi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024