O‘zbekiston | 12:17 / 04.08.2018
34476
4 daqiqa o‘qiladi

Zokir Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokir Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.  

Ishchi guruh a'zolari dastlab Urganch shahridagi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdilar. Eslatib o‘tamiz, ushbu ichki ishlar bo‘limi respublikamizda ilk marotaba huquqiy ekspriment tariqasida sektorlar kesimida tashkil etilgan ichki  ishlar bo‘limlaridan biridir. 

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Shundan keyin Xorazm viloyati musiqali drama teatrida yig‘ilish va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Farhod Ermanov, huquq-tartibot idoralari mas'ul xodimlari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari va bir guruh ichki ishlar xodimlari ishtirok etishdi.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan vazir maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashda huquq-tartibot organlari, jamoatchilik tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkor, hamfikr bo‘lishi kerakligini alohida ta'kidlab o‘tib, hamkor tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi. Jinoyatchilikka qarshi kurashda faollik ko‘rsatgan bir guruh profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va mahalla posbonlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

 Shundan keyin, ishchi guruh Urganch shahrining “Kamolot” mahallasida 4 nafar profilaktika inspektori uchun barpo etilgan xizmat uylariga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Qisqa muddatda, qurib foydalanishga topshirilgan ushbu xizmat uylari bugungi kunda profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Ichki ishlar vazirining maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruhi viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shaxsiy tarkibi bilan uchrashib, ularning jangavor shayligi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Xorazm viloyati IIBda tashkil etilgan “Mehnat va jangavor shuhrat muzeyi”ga tashrif buyurgan ishchi guruh a'zolari u yerda nafaqat viloyat ichki ishlar organlari tarixiga, balki respublika miqyosida ahamiyatga molik eksponatlar to‘planganligini alohida e'tirof etishdi. Ishchi guruh a'zolari muzeyda yuritilayotgan “Faxriy mehmonlar kitobi”ga o‘z fikrlarini yozib qoldirishdi.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

General-polkovnik Z.Almatov va Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov bu yil Xorazm viloyatidan haj amalini ado etish niyatida yo‘lga chiqqan bir guruh fuqarolar bilan uchrashib, ularga oq yo‘l tilashdi.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

 

Mavzuga oid