Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston boksda yo‘qotishlarsiz davom etmoqda
Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining boks musobaqalari davom etmoqda.
Chorak final bosqichida O‘zbekistonning -56 kg vazn toifasidagi vakili Miraziz Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik Xarku En-Amarga qarshi ringga ko‘tarildi va 3:2 (29:28, 28:29, 29:28, 29:28, 28:29) hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘ldi.



Endi uning yarim finaldagi raqibi indoneziyalik Amoragam Sunan Agung bo‘ladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks jamoasi Osiyo o‘yinlarida yo‘qotishsiz davom etdi. Ayni vaqtga kelib o‘zbekistonlik bokschilarning 6 nafari - Hasanboy Do‘smatov (-49 kg), Jasur Latipov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-64 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) yarim finaliga chiqqan.
Yarim final bahslari 31 avgust kuni o‘tkaziladi.
Birozdan keyin -75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov eronlik Sayidshahin Musaviy bilan yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025