Jahon | 10:45 / 06.09.2018
26860
2 daqiqa o‘qiladi

Yorug‘lik tezligidan ham tez harakatlanuvchi sirli obekt aniqlandi

Foto: AAS Nova

Astronomlar GW170817 - 2017 yil avgustida qayd etilgan, ikki neytron yulduzning to‘qnashuvi va birlashishi vaqtida chiqarib tashlangan zarralar oqimini aniqlashdi. Uning o‘z tezligi yorug‘lik tezligidan bir oz kamroq bo‘lsa-da, Yerdagi kuzatuvchilar uchun jyet yorug‘likdan to‘rt marta tezroq harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘onadi. Bu haqda EurekAlert!’ning matbuot uchun xabarnomasida aytiladi.

Kuzatuvlar 10ta radio teleskopdan iborat o‘ta uzoq masofali antenna panjarasiga ega Very Long Baseline Array (VLBA) radiointerferometri yordamida amalga oshirildi. Neytron yulduzlar birlashganidan 75 kun o‘tib, olimlar radionurlanish chiqaradigan sohani aniqlashdi va shunchaki tez harakatlanganki, uni faqat jyet - o‘ta tez plazma oqimi bilan izohlash mumkin edi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, oqim juda tor, u neytron yulduzlar va Yerni bog‘laydigan chiziqdan atigi 20 daraja farq qiladi. Kichik burchak yorug‘likdan tez harakat illyuziyasini keltirib chiqaradi, ammo jyetning haqiqiy tezligi juda yuqori va yorug‘lik tezligining 97 foizidan ko‘proqqa teng. 

Mavzuga oid