Samarqandda hokim va o‘rinbosarlari endi xizmat mashinalarini haydamaydi
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning joriy yil 22 sentabrda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimliklari mansabdor shaxslarining hokimlik balansida bo‘lgan davlat xizmat avtomashinalarini boshqarishi ta'qiqlanadi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hokimliklar xizmat avtomashinalarini haydovchi o‘rniga mansabdor shaxslarning boshqarishi oqibatida turli xil yo‘l-transport hodisalarining sodir etilgani, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.
Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi.
Mavzuga oid
19:23 / 25.09.2024
Samarqandda qarovsiz holda quritib yuborilgan bog‘lar masalasi prokuratura nazoratiga olindi
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
19:33 / 24.09.2024