Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Juda katta qimmatbaho zumrad topildi
Zambiyada juda katta zumrad kristalli topildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
2 oktabr kuni geolog Debapriya Rakshit va konchi Richard Kapeyta Britaniyaning rangli qimmatbaho toshlar qazib olish bo‘yicha Gemfields kompaniyasiga qarashli Kagem konida og‘irligi 5655 karat (1,1 kg) bo‘lgan zumradni topishdi.
Kompaniya vakillari toshning «noodatiy» sofligi va uning «mutlaqo muvozanatga ega oltin-yashil rangi»ni qayd etishdi. Ularning ta'kidlashicha, so‘nggi oylar davomida konning o‘sha qismida ko‘plab noodatiy toshlar topilgan, biroq ular bu topilma bilan hajm, rang va sofligi bo‘yicha raqobatlasha olmaydi. Toshga «Inkalamu» nomi berildi, u bembu tilidan tarjima qilinganda sher ma'nosini beradi.
Gemfields gemmologi Elena Besalya buni sanoat uchun «muhim topilma», deb atadi. Uning qayd etishicha, Zambiyadan topilgan yuqori sifatli zumradlar Yevropaning yetakchi zargarlik uylarida katta talabga ega. Ayni paytda, «Inkalamu»dan qancha qirralangan zumradlar paydo bo‘lishini aytish qiyin, lekin «bu tosh gemmologiya tarixiga kirishi aniq».
Tosh noyabr oyida Singapurda savdolarga qo‘yiladi. Uning taxminiy qiymati ikki million funt sterling.
Mavzuga oid
10:54 / 09.04.2025
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
16:42 / 18.11.2022
«Undan foydalanishdi». Ukrainada halok bo‘lgan zambiyalik talabaning oilasi Rossiyadan izoh talab etmoqda
17:00 / 16.11.2022
Ukrainadagi urushda Rossiyada qamalgan zambiyalik talaba halok bo‘ldi
18:26 / 06.11.2021