O‘zbekiston | 11:40 / 09.01.2019
38070
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati raisi birinchi o‘rinbosari Fazliddin Fathullayevich Sagdullayev lavozimidan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Fazliddin Sagdullayev 2018 yilning aprel oyida Akbar Shukurov o‘rniga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Ayni vaqtda Sagdullayevning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid