O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanmoqda
15 maydan Nukus - Beyneu - Nukus yo‘nalishida, 16 maydan e’tiboran Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yo‘nalishlarida temiryo‘l qatnovi boshlanadi. Reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “Qazaqstan temir joly” bilan kelishilgan holda, yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanishini e’lon qildi.
15 may kuni 647/648-sonli Nukus — Beyneu — Nukus yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining qatnovni boshlanadi.
16 maydan boshlab esa Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yo‘nalishida 1/2-sonli (“Tulpar-Talgo”) poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu reyslarning davriyligi Toshkentdan haftasiga 3 marta “Toshkent-Markaziy” vokzalidan amalga oshiriladi.
Chiptalarni elektron tarzda hamda temir yo‘l kassalarida sotib olish mumkin. Qozog‘iston chegarasidan o‘tish uchun elektron chiptani A4 formatidagi qog‘ozga chiqarib olish lozim.
“Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Qozog‘istonga kirish uchun PZR-test topshirish kerak
Qozog‘iston davlat chegarasidagi o‘tish punktlari orqali Qozog‘istonga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19ga test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumotnoma taqdim etishi shart (qozoq, rus yoki ingliz tilida). Mazkur ma’lumotnoma Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tishdan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda bo‘lishi shart.
Quyidagi toifa shaxslardan ma’lumotnoma talab qilinmaydi:
- Qozog‘iston bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga asosan Qozog‘iston hududida haqiqiy deb tan olinadigan COVID-19ga qarshi emlanganlik pasporti/sertifikati/ma’lumotnomasiga ega shaxslar;
- Qozog‘iston Respublikasida COVID-19ga qarshi revaksinatsiya yoki to‘liq emlash kursini olgan shaxslar (agar ikkinchi komponentni olganidan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi chegarasini kesib o‘tish vaqtida 6 oydan oshmasa);
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, agar ularni kuzatuvchi (birga bo‘lgan) shaxsda ushbu ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa;
- Qozog‘iston Respublikasi hukumat delegatsiyalari a’zolari;
- Lokomotiv brigadalari, temir yo‘l, dengiz va daryo transporti orqali tashishlarda faoliyat olib borayotgan shaxslar.
Qozog‘istonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hududidan, shuningdek, Ozarboyjon, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalaridan kelayotgan shaxslar, shu jumladan, “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Tana harorati yuqori bo‘lgan shaxslar aniqlangan holatlarda, ma’lumotnomaning mavjudligidan qat’i nazar, yuqumli shifoxonada izolyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga yo‘lovchi poyezdlari qatnovi 2020 yil mart oyida, COVID-19 pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi.
Mavzuga oid
17:22 / 19.11.2024
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
20:54 / 11.11.2024