Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi muammolari bo‘yicha yagona elektron tizim paydo bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yilning 1 aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi:
uyma-uy yurish, o‘tkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
ijtimoiy soha va boshqa obektlardagi mavjud holatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har chorak yakunlari bo‘yicha respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni umumlashtirib, tahlil qilib hamda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda davlat, hududiy, shu jumladan, investitsiya dasturlariga kiritish to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati yanada takomillashtirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:26 / 12.09.2024
Xotin-qizlar.uz platformasi doirasida muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi
09:06 / 15.02.2024
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi joriy etiladi
12:03 / 15.07.2023
1,7 mlrd so‘mga motivatsiya, 750 mln so‘mlik elektron tizim va har biri 16 mln so‘mlik rolik – YoIA milliardlarni nimalarga ishlatyapti?
12:17 / 06.08.2022