Qozog‘iston taqiqlab qo‘ygan Bishkek-Toshkent qatnoviga O‘zbekiston munosabat bildirdi
Bishkek-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan avtobuslar qatnovi to‘xtab qolganiga O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi munosabat bildirdi. Bu haqda «Pravda vostoka» nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, Qozog‘iston o‘z hududi orqali «Bishkek-Toshkent» tranzit avtobusi o‘tishini taqiqlagani ma'lum qilingandi.
Qirg‘iziston OAV ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil dekabrida tashuvchilar yo‘lovchilarning iltimosiga ko‘ra harakatlanish jadvalini biroz o‘zgartirdilar. Biroq, Qozog‘iston tomoni bu muvofiqlashtirilmay qilinishi noqonuniy ekanligini bildirgan.
«Qishki mavsumda xalqaro harakat yo‘nalishiga biroz o‘zgartish kiritildi. Bu esa Darhon-Bishkek yo‘nalishi bilan o‘xshash harakatni paydo qildi. Shu tufayli, kelib chiqqan manfaatlar to‘qnashuvi oqibatida Qirg‘iziston va Qozog‘iston tashuvchilari noroziligi paydo bo‘ldi.
Qozog‘iston yuzaga kelgan holatni inobatga olib, yo‘nalishga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilgunga qadar mamlakat hududidan o‘tuvchi harakatni to‘xtatib turishga qaror qildi», — deyiladi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi axborotida.
Ma'lum qilinishicha, shu kabi muammolar qayta paydo bo‘lmasligi uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston uch tomonlama muzokaralarni olib bormoqda.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024