Deputatlar va senatorlarni ishga joylashtirish kafolatlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ba'zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan «Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi 510–XII-sonli Qonunining 9-moddasi (Saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a'zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi».
Ma'lumot uchun: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi deputatning va senatorning mehnat huquqlari kafolatlari to‘g‘risida.
Ushbu moddaga ko‘ra, deputatning, senatorning tegishli palatada ishlagan vaqti umumiy ish stajiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning rahbarlari o‘z vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan senatorni u o‘zining senatorlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, uning ish joyi (lavozimi) saqlangan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Senatorlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda senatorning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Deputatga, senatorga har yili o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan mehnat ta'tili beriladi, qonun hujjatlarida ko‘proq muddatli ta'til nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Har yilgi mehnat ta'tili deputatga, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda beriladi.
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarqatib yuborilgan taqdirda deputatga yoki Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi hamda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.11.2024
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024