Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda harbiylarga qo‘shimcha ta'til beriladigan bo‘ldi
2019 yil 12 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi PQ–4447-sonli qarori qabul qilindi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, nizomning «Ta'tillar» bobiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning har yilgi navbatdagi ta'tillariga qo‘shimcha tarzda, xizmat yillarining kalendar hisobiga ko‘ra:
10 (o‘n) yillik harbiy xizmatdan so‘ng – davomiyligi 5 (besh) sutkalik;
15 (o‘n besh) yillik harbiy xizmatdan so‘ng – davomiyligi 10 (o‘n) sutkalik;
20 (yigirma) yillik va undan ko‘p harbiy xizmatdan so‘ng – davomiyligi 15 (o‘n besh) sutkalik qo‘shimcha ta'til berilishi tartibi joriy etildi.
Bundan oldin, harbiy xizmatni o‘tashning yangilangan tartibi tasdiqlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:13 / 13.04.2025
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
22:44 / 07.03.2025
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi
00:25 / 02.01.2025
Gurjistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tartibi o‘zgardi
11:55 / 26.12.2024