Sport | 07:48 / 06.10.2019
75232
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov kamarini himoya qildi

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85)  ringga ko‘tarilayotgan Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham muddatdan avval g‘alaba qozondi.

Foto: Twitter /FrontProofMedia

Nyu-York shahridagi «Madison Square Garden» arenasida kechgan boks oqshomida Madrimov meksikalik tajribali raqib Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 5 raundda nihoyasiga yetdi. Birinchi raundda ham nokdaun holatiga tushgan Barrera beshinchi raundda ham o‘zbekistonlik bokschining kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgach, referi texnik nokaut qayd etib, jangni muddatidan oldin to‘xtatdi.

Shu tariqa, professional faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ham g‘alaba qozongan (barchasida nokaut bilan) Isroil Madrimov WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid