Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada ko‘mirda ishlovchi barcha elektr stansiyalar yopildi
Shvetsiya ko‘mirda ishlovchi barcha elektr stansiyalar yopildi. Mamlakat Avstriya va Belgiyadan keyin barcha ko‘mir elektr stansiyalarini yopgan Yevropadagi uchinchi davlat bo‘ldi.
Stokholmdagi Stockholm Exergi kompaniyasiga tegishli Värtaverket elektr stansiyasi to‘xtatilgan. Bu haqda Electrek nashri xabar berdi.
Shvetsiya buni rejalashtirgandan 2 yil ertaroq amalga oshirdi.
“Maqsadimiz barcha mahsulotimizni tiklanuvchi yoki qayta ishlanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarishdan iborat. Bu stansiya uzoq vaqt davomida Stokholm aholisiga issiqlik va elektr energiya berib kelgan. Bugun biz qazib olinuvchi barcha turdagi yonilg‘ini qo‘llashni to‘xtatishimiz kerakligini bilamiz, shu sababli ko‘mirni qo‘llashni sekin-asta to‘xtatishimiz lozim”, deb aytgan kompaniya direktori Anders Yegelrud.
Europe Beyond Coal ma'lumotlariga ko‘ra, 2025 yilgacha yoki undan ertaroq Yevropaning yana 6 ta davlati – 2022 yilgacha Fransiya, 2023 yilgacha Slovakiya va Portugaliya, 2024 yilgacha Britaniya, 2025 yilgacha Irlandiya va Italiya Shvetsiya kabi yo‘l tutishi kutilmoqda.
Germaniyaning Maks Plank jamiyati kimyo institutida har yili 8,8 mln kishining o‘limiga olib keluvchi asosiy sababni ma'lum qilishgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, millionlab odamlarning barvaqt vafot etishiga olib keluvchi va bartaraf etish mumkin bo‘lgan asosiy sabab havoning global ifloslanishi hisoblanadi. Aynan shu omil odamlar hayotini o‘rtacha 3 yilga qisqartirar ekan. Olimlar olib borgan tadqiqot neft, gaz va ko‘mir yoqilishidan hosil bo‘luvchi qattiq zarralarning o‘pkaga tushishi inson hayotini bir yilga qisqartirishini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025