Foto: Xorazmda yana kuchli shamol kuzatildi
4 iyun kuni tushdan keyin Xorazm viloyatining bir qancha tumanlarida kuchli shamol yuz berdi.
Shamol tezligi ba'zi joylarda 65-70 km/soatni tashkil qilgan.
Natijada yengil konstruksiyali tomlar uchib ketdi. Eski simyog‘ochlar qo‘porildi, daraxt shoxlari sindi.
Urganch shahrida kuchli chang-to‘zon ko‘tarilib, yo‘llarda ko‘rinish darajasi keskin pasaydi.
Qisqa vaqt davom etgan kuchli shamol natijasida jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozircha bu haqda ma'lumot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida 26 aprel va 17 may kunlari ham kuchli shamol esishi kuzatilgan, natijada bir nechta binolar tomiga zarar yetgan edi.
27 aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan kuchli bo‘ron oqibatida bir kishi vafot etib, 41 kishi jarohat olgan edi. Tabiiy ofat Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlariga yetkazgan zarar davlat budjetiga kamida yuz milliard so‘mga tushdi.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
14:01 / 13.10.2024