Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yo‘l harakati xavfsizligi qoidasining buzilishi o‘limga sabab bo‘ldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 13 iyun kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida taxminan soat 23:45larda, tumanning “Shamoli” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1496-km.da, “Guliston” mahallasida yashagan Sh.Y. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobili bilan qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Uzun tumani “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi A.U. boshqaruvidagi "ZIL" rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
Natijada, "Damas" haydovchisi Sh.Y. “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib, 16 iyun soat 16:30da kasalxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan 16 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024