Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanidagi mebel sexida yong‘in kelib chiqdi
Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Bugun, 24 iyul kuni soat 02:14larda Mirobod tumani, Avliyo Ota ko‘chasi 6 uyda joylashgan mebel sexida yong‘in kelib chiqqan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida sexning ichki va tom qismi 100 kv.m maydonda yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 02:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:46da bartaraf etilgan va sexning 100 kv.m maydondan ortiq qismi saqlab qolingan.
Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025