O‘zbekiston | 09:11 / 31.08.2020
79567
3 daqiqa o‘qiladi

Yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari o‘zgardi

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha:

Prezidentning «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son farmoniga muvofiq yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish belgilangan;

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan 2018 — 2020 yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlash maqsadida 2 116 ta uy-joylardan:

350 tasi foydalanishga topshirilgan;

296 tasi yoshlar tomonidan rad etilgan va 556 tasining qurilishi boshlanmagan;

2019 yilda 558 ta va 2020 yilda 356 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan yosh oila sifatida hisobga qo‘yilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020 yillarda qurilgan yoshlar uylari ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan yosh oila sifatida hisobga qo‘yilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020 yillarda qurilgan yoshlar uylari
RO‘YXATI

Qarorga ko‘ra, yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari 2020 yil va keyingi yillar uchun quyidagicha belgilandi:

yosh oilalarga uy-joylar shaharlarda va qishloq joylarida 1 yillik imtiyozli davr bilan (ilgari 3 yil edi) hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat'iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me'yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi (ilgari qishloq joylaridagi uy-joylar uchun bu muddat 15 yil edi).

Bunda kvartiraning dastlabki badali:

shaharlarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;

qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Mavzuga oid