Light | 13:11 / 06.09.2020
44532
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar inson uchun eng baxsiz yoshini ma'lum qilishdi  

AQShning Dartmut kolleji olimlari va Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi mutaxassislari inson uchun o‘ziga xos murakkabliklar 47-48 yoshida boshlanishini aniqlashdi.

Foto: iStock

Bundan tashqari, Xitoy, Meksika va Rossiya fuqarolari o‘zlarini boshqa davlatlar fuqarolaridan oldinroq – 43 yoshda “baxsiz” his qilishni boshlashar ekan. Mutaxassislar buni organizmdagi biokimyoviy jarayonlar, gormonal fon va umumiy qarish bilan tushuntirishgan. Ularning aytishicha, bunda insonning ta'lim darajasi, mavqei, oilaviy holati, yashash davlati ahamiyatga ega emas. 

Amerikalik tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, inson taxminan 65 yoshidan yana o‘zini baxtli va hayotdan qoniqqan deb hisoblay boshlar ekan. Bu holatni inson 18-20 yil davomida his qilib, uning cho‘qqisiga 80 yoshda erishar ekan. 

 

Mavzuga oid