Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tik Tok avgustda dunyoda eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi
Avgust davomida dunyo bo‘yicha ushbu ilova 63,3 million marta yuklab olingan. Uni eng ko‘p Braziliya va Indoneziya aholisi o‘rnatgan.

Foto: Getty Images
Tik Tok qisqa videoroliklar ilovasi avgust yakunlariga ko‘ra eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi. Bu haqda Sensor Tower tahliliy xizmati ma'lum qildi.
Tik Tok yuklab olinishlar bo‘yicha birdaniga App Store va Google Play do‘konlarida birinchi o‘rinni egalladi. Avgust davomida dunyo bo‘yicha ushbu ilova 63,3 million marta yuklab olingan. Uni eng ko‘p Braziliya va Indoneziya aholisi o‘rnatgan.
Ikkinchi o‘rin esa turli platformalarda boshqa-boshqa ilovalarga nasib etdi. Apple foydalanuvchilari ZOOM videoaloqa ilovasini ko‘proq ko‘chirib olgan bo‘lsa, Android foydalanuvchilari Snack Video ilovasini yuklab olgan. U Tik Tok servisining muqobili hisoblanadi.
Shuningdek, Facebook, Instagram va WhatsApp dunyo bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Mavzuga oid

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

23:40 / 02.04.2025