Jamiyat | 12:29 / 06.10.2020
7699
1 daqiqa o‘qiladi

Kasbiy imtihon javoblari e'lon qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari ma'lum bo‘lgani, natijalar OTMlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirilgani haqida e'lon qildi.

Abituriyentlar o‘zlarining talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi natijalar bilan tegishli oliy ta'lim muassasasining rasmiy sayti orqali tanishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ijodiy imtihonlar OTMlar tomonidan tashkillashtirildi. Joriy yil pandemiya sharoiti hisobga olinib, abituriyentlar uchun imtihon vaqti ham qisqartirilgan. 

Mavzuga oid