Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirus bilan qayta kasallanish holatlarini o‘rganadi
JSST koronavirus bilan qayta kasallanish holatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tuzdi. Komissiyada odamlarga virusga qarshi kuchli immunitet shakllangani haqida ma'lumot bor, biroq u qancha vaqt saqlanib qolishi noma'lum.
“Ko‘plab davlatlarda qayta kasallanish holatlari qayd qilinayotganidan xabarimiz bor. Bizda qayta kasallanishni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh mavjud. Chunki bu borada savollarimiz talaygina. Ayni vaqtda turli davlatlardan qayta kasallanish holatlari haqida ko‘plab xabarlar olganmiz, biroq aholining qancha foizi qayta kasallanishi mumkinligini bilmaymiz. Savol shundan iboratki, birinchi kasallanishdan keyin qanday hamda ikkinchi kasallanishdan keyin qanday immun javob hosil bo‘ladi? Bunda antinanalar ko‘payadimi yoki kamayadimi va bunda nima yuz beradi?”, deb ta'kidlab o‘tgan JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove.
JSST javob olishga umid qilayotgan ikkinchi masala shundan iboratki, koronavirus bilan qayta kasallanish qanchalik jiddiy bo‘ladi va virusning yengil shakli bilan qayta kasallanish mumkinmi?
Kerkxovening ta'kidlashicha, JSSTda koronavirusni o‘tkazgan odamlarda kuchli immunitet shakllangani haqida ma'lumotlar bor, biroq hozircha u qancha uzoq davom etishi noma'lum. Ba'zi tadqiqotlar 5 oygacha kuchli immunitet saqlanib qolishini, boshqalari esa kam miqdorda antitanalar ishlab chiqilishini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025