O‘zbekiston | 15:55 / 18.01.2021
3164
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilanadi 

O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilanadi. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kunini yurtimizda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 aprel, mas'ullar - Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi.

Shuningdek, “Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi tayyorlanadi. Loyihada “Do‘stlik haftaligi” va xalqaro forum-festival O‘zbekiston Respublikasining millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasidagi obro‘sini yanada targ‘ib qilish bo‘yicha aniq tadbirlar nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 30 iyul, mas'ullar - Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid