Surxondaryoda soxta haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarib yurgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan YPX maskanida soxta haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarib kelgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 20 may kuni Boysun tumani hududida joylashgan «Darband» YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan Muzrabot–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Muzrabot tumanida yashovchi A.Q. boshqaruvidagi «Lasseti» avtomashinasi nazorat tartibida to‘xtatilgan.
Haydovchining hujjatlari tekshirilganda, YPX xodimida haydovchilik guvohnomasining haqiqiy ekaniga shubha uyg‘ongan. Shundan so‘ng A.Q.ning haydovchilik guvohnomasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. Lasetti avtomashinasi esa vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasi mutaxassislar tomonidan tekshirib ko‘rilganda, u soxta bo‘lib, rangli purkagichli printerda tayyorlangani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024