Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Yevrosiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi ochiladi
Moskva shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Yevrosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida bank resurslarini O‘zbekistonda investitsiyaviy faoliyatni kuchaytirishga jalb etish maqsadida u bilan hamkorlikni kengaytirishga oid joriy masalalar va istiqbollar muhokama qilindi.
Tomonlar bank tarafidan moliyalashtirish uchun eng istiqbolli investitsiya loyihalarini o‘rganishga va tegishli tayyorgarlik ishlarini birgalikda olib borishga kelishib oldi.
Shuningdek, gidroenergetika, infratuzilmaviy qurilish va transport sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik yirik loyihalarni amalga oshirishda YeOTB ishtirokining istiqbollari muhokama qilindi.
Bu yo‘nalishlarda amaliy ishlarni tashkil etish uchun tomonlar joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda YeOTB vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
23:10 / 15.05.2023
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot banki a’zosi bo‘lishi mumkin
15:06 / 04.12.2021
Maqsad 10 mlrd dollar: O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
10:04 / 03.12.2021
Umrzoqov Koreya bosh vaziri o‘rinbosari bilan Shavkat Mirziyoyevning Seulga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi
08:00 / 24.11.2021