Kolumbiya politsiyasi Haiti prezidentini o‘ldirishga kim buyruq berganini ma'lum qildi
Kolumbiya prezidenti Ivan Dukening aytishicha, politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Moizni o‘ldirish rejasidan faqat bir necha kishi xabardor bo‘lgan.
Kolumbiyalik yollanma qotillarga Haiti prezidenti Jovenel Moizni o‘ldirish topshirig‘ini mamlakat adliya vazirligining sobiq xodimi Jozef-Feliks Badio bergan. Bu haqda Kolumbiya politsiyasi rahbari Xorxe Luis Vargas ma'lum qildi.
«Adliya vazirligi xodimi bo‘lgan va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentida ishlagan Jozef-Feliks Badio voqeadan bir necha kun avval Xerman Rivera va Duberney Kapadorga (qotillikda gumonlanayotgan kolumbiyaliklar) ular Haiti prezidentini o‘ldirishlari kerakligini aytgan», — dedi Vargas.
Avvalroq Haiti politsiyasi Badioni qidiruvga bergandi. Uning qayerga yashiringani hozircha noma'lum.
Kolumbiya prezidenti Ivan Dukening aytishicha, politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Moizni o‘ldirish rejasidan faqat bir necha kishi xabardor bo‘lgan. Ular orasida Kolumbiya qurolli kuchlarining sobiq xizmatchilari Kapador va Rivera ham bo‘lgan. Rivera hibsda ushlab turilibdi, Kapador qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirilgan.
Jovenel Moiz 7 iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida o‘ldirildi. Hujum vaqtida uning rafiqasi Martin Moiz yaralangan. Hozirda u AQShda davolanmoqda.
Moizni o‘ldirishda gumonlanib 23 kishi: besh nafar haitilik va 18 nafar kolumbiyalik qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
00:47 / 26.10.2024
Italiyalik narkosavdogar Eskobar qabri oldida suratga tushganidan keyin qo‘lga olindi
18:57 / 22.10.2024
Kolumbiyada Italiya mafiyasi yetakchisi qo‘lga olindi
11:10 / 22.10.2024