O‘zbekiston | 16:59 / 06.08.2021
10958
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga ikki kunda 2 mln doza vaksina keldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga keltirilgan vaksinalar miqdori 14,5 million dozadan oshgani haqida xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonga 5 avgust kuni ham o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 million doza olib kelingandi. Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 370 ming dozasi «Sputnik V»,
  • 710 ming dozasi AstraZeneca,
  • 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.

5 avgust kuni emlashlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinatsiya bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Shu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llangan.

Mavzuga oid