Britaniya Afg‘onistondagi elchisini shoshilinch ravishda evakuatsiya qilishga qaror qildi
Britaniya Afg‘onistondagi elchixonasini noma'lum muddatga yopishga qaror qildi.
London Afg‘oniston poytaxti Kobulga “Tolibon” jangarilari yaqinlashayotgani sababli ushbu mamlakatdagi elchisi Lora Bristouni 16 avgust kechki payt Britaniyaga evakuatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda Britaniya hukumatidagi manbalarga tayanib The Times nashri xabar berdi.
Ularning ta'kidlashicha, Britaniya Afg‘onistondagi elchixonasini saqlab qolmoqchi emas.
“Biz Afg‘onistonda diplomatik vakolatxonamizni saqlab qolmoqchi emasmiz. “Tolibon” biror bir kafolatga amal qilishiga ishonch yo‘q”, deb aytgan manbalardan biri.
Yana bir boshqa manba Kobul aeroporti bir necha kun ichida toliblar qo‘liga o‘tishidan xavotir bildirgan. Britaniya o‘z elchixonasi xodimlarini 31 avgustgacha to‘liq evakuatsiya qilmoqchi.
Ta'kidlanishicha, oxirgi kunlarda Britaniyaning Afg‘onistondagi elchixonasi xodimlari soni 500 kishidan bir necha o‘n kishigacha qisqargan.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024