Davlat xizmatlari markazidan poliklinikagacha – Navoiyda bir qator obektlar foydalanishga topshirilmoqda
Navoiy viloyatida mustaqillikning 30 yilligi oldidan ko‘plab ijtimoiy soha obektlarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tyapti. Jumladan, Karmana tumanida Davlat xizmatlari markazi, Navbahor tumanida esa ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika yangi binoda ish boshladi.
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Karmana tumani Davlat xizmatlari markazi davlat-xususiy sheriklik asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan. 5 qavatli turar joy binosining birinchi qavatida joylashgan markazda 8 ta davlat xizmati ko‘rsatish uchun qabul oynasi, elektron navbat, kutish manzili, 3 ta monitor, to‘lov amalga oshirish uchun kassa, bolalar maydonchasi, kitob javoni, majlislar xonasi va boshqa qulayliklar yaratilgan.
Ta'kidlanishicha, joriy yilning o‘zida Karmana tumani Davlat xizmatlari markazi orqali fuqarolarga 27 mingga yaqin davlat xizmati ko‘rsatilgan. Shundan jami 418 ta yuridik korxona, 429 nafar yakka tartibdagi tadbirkor, 116 ta oilaviy korxona, 341 ta xususiy korxona qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Navbahor tumanida foydalanishga topshirilgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika esa bir kunda 375 nafar bemorni qabul qilish quvvatiga ega. Poliklinika qurilishiga 8,7 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Bu yerda 40 nafar shifokor va 135 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.
Viloyatda yangi qurib bitkazilgan obektlarni foydalanishga topshirish tadbirlari davom etmoqda.
Oldinroq Navoiyda “Obod qishloq”larning ochilish marosimlari o‘tkazilayotgani haqida xabar qilingandi (https://kun.uz/62451906).
Mavzuga oid
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024