Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bolalarning TikTok’dan foydalanish vaqtiga cheklov o‘rnatildi
14 yoshdan kichik foydalanuvchilar ilovani kuniga 40 daqiqadan ortiq ishlata olmaydi. Bundan tashqari, ularda TikTok kech soat 10dan ertalabki 6gacha ishlamaydi.
Xitoyda TikTok (Douyin) ilovasining 14 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilariga nisbatan cheklovlar o‘rnatildi, deb xabar berdi South China Morning Post.
Ilovani ishlab chiqargan ByteDance kompaniyasining ma'lumotiga ko‘ra, bundan buyon 14 yoshdan kichik foydalanuvchilar ilovani kuniga 40 daqiqadan ortiq ishlata olmaydi. Bundan tashqari, ularda kech soat 10dan ertalabki 6gacha ilova ishlamaydi.
Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar Xitoy hukumatining yoshlarda "internet-qaramlik"ning oldini olishga qarshi kurashi doirasida kiritilgan.
Shuningdek, ByteDance bolalar uchun TikTok ilovasiga o‘xshash Xiao Qu Xing ilovasini ishlab chiqdi. Xiao Qu Xing ilovasida asosan bilim beruvchi kontent joylashtirilgan va undan ham kuniga 40 daqiqagacha foydalanish mumkin.
Xitoy hukumati iyulda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning strimlarda chiqishi, yulduzga aylanishi, ularni internet orqali daromad olishga undashni taqiqlagandi.
Hukumat bolalar internetidagi «voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga xavf soladigan» yetti muammoni sanab o‘tgan va yirik internet-platformalarga bu muammolarni hal qilishga buyruq bergan.
Mavzuga oid
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi
17:43 / 04.04.2025