Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda mast fuqaro hamqishlog‘ini pichoqladi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida ikki nafar mast fuqaro o‘zaro janjallashgan. Janjal davomida ulardan biri ikkinchisini pichoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, G‘allaorol tumani «Gulchambar» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs hamqishlog‘ini “Nega uyimga kelib janjal qilasan?” degan vaj bilan pichoqlagan.
Oqibatda jabrlanuvchi chap ko‘krak sohasida kesilgan va chap orqa sohasida sanchilgan jarohat, mastlik va postravmatik shok tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, hodisa yuz bergan vaqtda ayblanuvchi ham mast holda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
16:23 / 17.04.2024
Toshkentda profilaktika inspektori mast erkak tomonidan pichoqlandi
15:36 / 25.05.2023