Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi qahvaxonada kuchli portlash ro‘y berdi
7 noyabr kuni kechasi Qozog‘istonning Mang‘istau oblasti ma'muriy markazi Aqtau shahridagi qahvaxonalardan birida portlash ro‘y bergan.
Aqtau shahridagi «Sherkala» majmuasida joylashgan ikki qavatli «Ayanat» qahvaxonasidagi kuchli portlash lahzalarini ko‘chadagi videokameralar qayd etgan.
Voqea guvohlarining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, hodisa «Sak bazar» bozoriga yondosh binolardan birida ro‘y bergan. Portlash natijasida qahvaxona binosi to‘liq vayron bo‘lgan.
«Dastlabki xulosalarga ko‘ra, voqeaga tabiiy gaz va havo aralashmasining portlashi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Chunki portlash joyidan ikkita gaz balloni topilgan. Qahvaxona egasining aytishicha, bino vayronalari ostida har biri 50 litr sig‘imga ega yana ikkita gaz balloni bo‘lishi kerak», — degan Mag‘istau oblasti favqulodda vaziyatlar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Bekbo‘lat Abdiqadirov.
«Portlash oqibatida shifoxonaga hech kim murojaat qilmagan», — deyiladi mahalliy hokimiyatning bayonotida.
Yakshanba kuni tunda ertalabgacha favqulodda hodisa yuz bergan joyda o‘nlab qutqaruvchilar va maxsus texnika ishlagan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025