Jahon | 22:21 / 04.01.2022
4432
1 daqiqa o‘qiladi

Aqtau shahrida namoyishchilar oblast ma’muriyati binosini egallashga urinmoqda – OAV

Xabarlarga ko‘ra, Aqtau, Atirau, Olmaota, Nur-Sulton, Qarag‘anda, Uralsk, Toldiqo‘rg‘on, Qizilo‘rda, Chimkentda mitinglar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Sputnik

Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida namoyishchilar Aqtau shahridagi oblast ma’muriyati binosini egallashga urinmoqda. Bu haqda KZ NEWS xabar berdi.

Avvalroq hukumat komissiyasi a’zolari Aqtaudagi namoyishchilar bilan uchrashgan va Mang‘istau oblasti uchun bir litr gaz narxi 50 tenge deb belgilanishini bildirgandi.

Biroq miting ishtirokchilari tarqalishni istamagan va prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning kelishini talab qilgan.

“Sputnik-Qozog‘iston”ning xabar berishicha, Aqtau, Atirau, Olmaota, Nur-Sulton, Qarag‘anda, Uralsk, Toldiqo‘rg‘on, Qizilo‘rda, Chimkentda mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Miting qatnashchilari gaz narxi Mang‘istaudagi kabi tushirilishini talab qilmoqda.

Olmaotada What's App va Telegram messenjerlari hamda mobil internet ishlamayapti.

Mavzuga oid