Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Qozog‘istonga 200 nafar harbiy jo‘natadi
Tojikiston tashqi ishlar vazirligi mamlakat KXShTga a’zolik doirasida Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Tojikiston Qozog‘istonga KXShT kuchlari tarkibida 200 nafar harbiy xizmatchisini jo‘natadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib RIA «Novosti» xabar berdi.
«Barcha harbiy xizmatchilar tinchlikparvar kuchlar tarkibiga kiradi. Ular KXShTning antiterror mashg‘ulotlarida bir necha marta ishtirok etgan», — degan manba.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, harbiylar tartib saqlash va obektlarni qo‘riqlashda yordam beradi.
Shu bilan birga, Tojikiston tashqi ishlar vazirligi mamlakat KXShTga a’zolik doirasida Qozog‘istonga yordam berilishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Qozog‘istonga KXShT kollektiv kuchlari tarkibidagi Rossiya havo-desant qo‘shinlari yetib kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025