Uzbekistan Airways Qozog‘iston shaharlariga parvozlarni bekor qildi
Uzbekistan Airways 13 yanvargacha Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga rejalashtirilgan parvozlarni bekor qildi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning bir nechta shaharlaridan Qozog‘iston viloyatlariga parvozlar bekor qilindi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar qilishicha, 8 yanvardan 13 yanvargacha rejalashtirilgan 5ta reys bekor qilingan.
- HY761/762/763/764 «Toshkent — Olmaota — Toshkent»;
- HY767/768 «Samarqand — Olmaota — Samarqand»;
- HY9729/9730 «Nukus — Aqto‘be — Nukus»;
- HY9725/9726 «Urganch — Aqtau — Urganch»;
- HY9727/9728 «Nukus — Aqtau — Nukus».
Parvozlar samolyotlar yetib boradigan aeroportlarning texnik sabablariga ko‘ra qoldirilgan.
Bekor bo‘lgan parvoz yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega hisoblanadi.
«To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», deyiladi xabarda.
- Uzbekistan Airways 5 yanvar kuni dastlab Aqtauga muntazam parvozlarni bekor qigandi. Keyinroq Olmaota va Aqto‘bega rejalashtirilgan parvozlar ham bekor bo‘ldi.
- Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblasti Janao‘zen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi ikki baravarga (60 tengedan 120 tengega) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqishdi va keyingi kunlarda namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab yoyildi.
Mavzuga oid

01:52 / 03.05.2025
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi

12:53 / 02.05.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi

22:20 / 01.05.2025