Qoraqalpog‘istonda qamoqdagi shaxsning jazo muddatini barvaqt tugatmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Qoraqalpog‘istonda manzil koloniyasidagi fuqaroning jazo muddatini barvaqt tugatib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda IIV hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Unda fuqaro Q.R. manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan A.ning ishonchiga kirib, uning jazo muddatini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali barvaqt tugatib berishni vada qilgan. Buning evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
21:56 / 10.02.2024
Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari vaqtincha elektrsiz qoldi
08:39 / 10.02.2024