O‘zbekiston | 09:50 / 01.06.2022
15612
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘ini xorijga eksport qilish vaqtincha taqiqlandi
Prezidentning “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
“Nigoh” kanalida xabar berilishicha, 2022 yil 1 maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar:
- bir qator tovarlarni (ilova) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
- savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qo‘llanilmaydi.
Quyidagilarni 2022 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlanadi:
- o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘i, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022 yil 1 iyunga qadar oldindan to‘lovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, O‘zbekiston “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
- kungaboqar urug‘lari (TIF TH kodi 1206 00) hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalari (TIF TH kodi 1207), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
- Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda yetarli hajmi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berildi.
2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:
- Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 yanvardagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha cheklovlar;
- O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
15:40 / 30.10.2024