O‘zbekiston | 07:45 / 01.06.2022
16402
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda joylashgan sexda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus texnika yordamida o‘chirildi.

Videodan kadr

Joriy yilning 31 may kuni soat 18:11 da Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:28 da qurshab olinib, soat 18:51 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning sendvich panelli tom yopmasining taxminan 300 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
 
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binodagi mahsulotlar saqlab qolingan.

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid