Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mast fuqaro otasi va farzandini pichoqladi
32 yoshli erkak muntazam spirtli ichimlik iste’mol qilishga mukkasidan ketgani aniqlangan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 13 iyun kuni ertalab 6:00 larda Ko‘kdala tumani, “Baxt” MFYda yashovchi P.J. spirtli ichimlik ta’sirida, mast holatda o‘zining yashash uyida janjal ko‘targan.
Janjal davomida P.J. otasi S.M. va farzandiga pichoq bilan tashlanib, ularga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng P.J. otasini amakisining uyiga qadar quvib borib, u bilan yana janjallashmoqchi bo‘lganida amakisining farzandlari uni to‘xtatib qolgan.
Dastlabki surishtiruvda, 32 yoshli erkakning muntazam spirtli ichimlik iste’mol qilishga mukkasidan ketgani va mast bo‘lganida uydagilari bilan doimiy tarzda janjallashib kelgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ko‘kdala tumani prokuraturasi tomonidan P.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 hamda 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Avvalroq, Shahrisabzdagi to‘yxonada sodir bo‘lgan janjal ham pichoqbozlik bilan tugagandi.
Mavzuga oid
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
21:14 / 24.03.2025