Andijondagi yong‘indan ikki nafar fuqaro qutqarib qolindi
Baliqchi tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan yong‘indan ikki nafar fuqaro qutqarib qolindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, FVBga Baliqchi tumani “Eski markaz” MFY Elgayor ko‘cha 14 uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ushbu uyda yashovchi ikkinchi guruh nogironi Ahmedova Zulayhoxon Vahobjonovna va birinchi guruh nogironi Ahmedova Xatiraxon Vahobjonovnalar yong‘indan olib chiqib qutqarib qolindi.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in oqibati va kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda yil boshidan beri 48 kishi yong‘inlarda halok bo‘lganligi xabar qilingan edi.