O‘zbekistonda TikTok va Twitter blokdan chiqarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda bloklangan Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari blokdan chiqarilishi kutilmoqda. Kun.uz manbasining bu ma’lumotini AKT vazirligi vakili ham tasdiqladi.
O‘zbekistonda 2021 yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qo‘yilgandi.
Cheklovga mazkur tarmoqlar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga oid ma’lumotlarni O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlamayotgani sabab bo‘lgan. 2021 yil 16 apreldan kuchga kirgan qonunda shunday talab belgilangandi.
Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan tinimsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan bo‘lsa-da, blok hamon ochilmay qolmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya AQShda bo‘lib turibdi va Silikon vodiysidagi yirik IT-kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Bundan avvalroq rasmiylar Konstitutsiyaga har kim internetdan foydalanish huquqiga ega ekanini kiritish kerakligini aytishgandi.
Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2024
Kanada TikTokʼdan mamlakatdagi bo‘linmasini yopishni talab qildi
20:12 / 29.10.2024
TikTok asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi
21:29 / 21.09.2024
TikTok AQSh sanksiyalari tufayli Sputnik va RT akkauntlarini o‘chirib tashladi
23:47 / 14.08.2024