O‘zbekiston | 10:41 / 08.07.2022
4899
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan Xorazmga yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Urganch shahrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.

Foto: Anna Zvereva / Wikimedia Commons

6 iyul kuni Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi – Urganch – Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi. SSJ-100 samolyoti bortida 92 yo‘lovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qo‘ndi. 

An’anaga ko‘ra, ilk yo‘lovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Mineralniye Vodi – Urganch – Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda SSJ-100 samolyotlarida haftada bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Shuningdek, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralniye Vodi shahridan Toshkentga ham parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid