Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kobul temiryo‘l koridorini qurish loyihasi tafsilotlarini ochiqladi
Toshkentda «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor» temiryo‘lini qurish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘onistonda qator infratuzilmaviy va gumanitar loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning «Iqtisodiyot tiklanishi - Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik mustahkam asosidir» shu’ba yig‘ilishida ma’ruza qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Sessiya doirasida uzunligi 750 km bo‘lgan «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor» temiryo‘lini qurish loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «Boshtransloyiha» dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, loyiha 1200 dan ortiq sun’iy inshootlarni, 100 dan ortiq tunnel va 336 ko‘prikni qurishni o‘z ichiga oladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish umumiy qiymati 4,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish nafaqat minglab yangi ish o‘rinlari yaratish, balki afg‘on jamiyati ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish imkonini beradi.
Loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi temiryo‘l infratuzilmasini bog‘laydi va shu bilan mintaqalar o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
12:35 / 25.04.2025