Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlari sammiti o‘tkaziladi
Joriy yil 8-9 sentabr kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammiti o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Bu haqdagi kelishuvga Venada tashkil etilgan 13-sammit chog‘ida erishildi. Senat raisi Tanzila Norboyeva sammit ishtirokchilariga O‘zbekistonda gender tengligi sohasidagi islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Sammitda respublikada xotin-qizlar siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishlar qayd etildi.
O‘zbekistonda va umuman mintaqada ilk bor tashkil etilayotgan 14-sammit “Parlament yetakchi roli: yanada samarali barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda xavf-xatarni baholash” mavzusiga bag‘ishlanadi.
Sammitdan ko‘zlangan asosiy maqsad barqarorlik va farovonlikni samarali ta’minlash uchun gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha parlamentlar uchun ustuvor yo‘nalish va harakatlarni belgilab berishdan iboratdir.
Sammitda parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari ayol rahbarlari, deputatlar va xalqaro tashkilotlardan ayol vakillar ishtirok etadi.
Sammit doirasida adolat, integratsiya va atrof-muhit muhofazasi, xotin-qizlar reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojlari, pandemiyadan keyingi iqtisodiyotni tiklash, xotin-qizlar huquq va erkinliklarini internetda himoya qilish va targ‘ib qilish singari masalalar muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Parlamentlararo ittifoq 1889 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, xalqaro tashkilotlar orasida yoshi eng ulug‘i hisoblanadi. Tashkilotga 178 davlat a’zo bo‘lib kirgan.
Mavzuga oid
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
10:02 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025