Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh andijonlik tadbirkorlar taqdirlandi
“Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan Andijon viloyatida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi faol tadbirkorlarga ko‘krak nishoni topshirildi.
Andijon viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, aholi daromadini oshirish, shuningdek, viloyat iqtisodiyotini yanada yuksaltirish yo‘lidagi samarali mehnatlari bilan o‘rnak bo‘layotganligi hamda “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, 6 nafar tadbirkorga "Faol tadbirkor" ko‘krak nishonini topshirdi.


Ko‘krak nishoniga “Oliy standart tex” MChJ rahbari Muslimbek Abduvosipov, “Asaka tekstil” MChJ rahbari Xamdambek Abdullayev, Sayyora favvorasi” MChJ rahbari Botirjon Qodirov, “Nil-granit” MChJ rahbari Baxtiyorjon To‘lqinov, “Skorton tekstil” MChJ rahbari Azizbek Shaxabaliyev hamda “Liderlar maktabi” NTM rahbari Muhayyo Shodmonaliyevalar munosib ko‘rildi.
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:32 / 30.01.2025