O‘zbekiston | 15:26 / 23.08.2022
5971
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi yashaydigan hududlar 98 foizi mobil aloqa bilan qamrab olinadi

Foto: Kun.uz

“2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

AKT sohasini 2022-2023 yillarda yanada rivojlantirish asosiy vazifalari belgilandi. 

2022 yil yakunigacha aholi yashash maskanlarini mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida mobil internet qamrovi 60 foizga yetkaziladi. 40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali qamrov 80 foizga yetkaziladi. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar soni 2 barobarga yetkaziladi;

2023 yil yakunigacha raqamli texnologiyalar sohasida yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlar axborot texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim olishi yo‘lga qo‘yiladi. Davlat organlari, mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyot real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

1 sentabrdan respublika barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. 1 yanvardan tegishli davlat organlari (24 ta) sayti va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida o‘z ichiga oluvchi hukumat portali yagona platformasi ishga tushiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid