Jamiyat | 08:10 / 04.09.2022
13945
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda Lacetti yo‘ldan chiqib ketib, YTH sodir etdi

Foto: Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Namangan viloyatida boshqaruvni yo‘qotgan mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining Chust—Pop yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘ldan chiqib ketgan.

YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan.

Avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va ikki nafar yo‘lovchilarda tan jarohati aniqlanmagan.

«Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlangan vaqtingizda hushyorlik va ziyraklikni oshiring. Charchoqni sezsangiz avtomashinangizni darhol to‘xtating va biroz mizg‘ib oling» — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid