Jahon | 13:45 / 06.09.2022
27564
6 daqiqa o‘qiladi

Vayron bo‘lgan Mariupoldagi hayot, Donbassga keltirilgan rus tramvaylari. Urush suratlari

5 sentabr kuni Vladimir Putin «Rossiyaning xorijdagi gumanitar siyosati» konsepsiyasini tasdiqladi. Uning vazifalaridan biri «rus dunyosi» an’analari va ideallarini himoya qilishdir. Bu vaqtda istilo ostidagi Mariupolda «Yedinaya Rossiya» gumanitar yordam tarqatmoqda, Sankt-Peterburg meriyasi esa Mariupolda Aleksandr Nevskiyga haykal qo‘ymoqchi. Volodimir Zelenskiy mamlakat janubi va sharqida uchta aholi punkti ozod etilgani haqida e’lon qildi. Aynan qaysi aholi punktlari ekaniga aniqlik kiritilmagan, ammo ukrainlarning qarshi hujumlari bir necha yo‘nalishlarda davom etayotganiga ishora qilingan. Zaporijjya AESda stansiyani Ukraina energotizimi bilan bog‘lovchi oxirgi elektr uzatish liniyasini uzib qo‘yildi (bu haqda ukrainlar «Energoatom»i xabar bergan).

Mariupol

Quyida — bosib olingan Mariupol shahrida avgust oyi oxirida olingan fotosuratlar. Bular urush davrida olingan noyob kadrlar, bu orqali shaharning holatiga baho berish mumkin. Ko‘rinishidan, Mariupolda deyarli fotograflar yo‘q, u yerga mustaqil nashrlar vakillari kiritilayotgani haqida ma’lumot yo‘q.

25 avgust kuni Peterburgdagi «Pobeda» fondi yaqin oylarda Mariupoldagi 29 obektni tiklash rejalashtirilayotgani haqida e’lon qildi, shundan uchta bolalar bog‘chasi, uchta maktab, ikkita poliklinika (bolalar va kattalar uchun), bitta onkologiya korpusi, bolalar xirurgiyasi korpusi va turar joylar. Bundan tashqari, shaharda Aleksandr Nevskiyga yodgorlik o‘rnatiladi.

«Yedinaya Rossiya» partiyasining Mariupoldagi markazida oziq-ovqat va gumanitar yordam tarqatilmoqda.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Yakson bo‘lgan harbiy texnikalarda «Z» belgisi aks etgan.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mariupolning vayron bo‘lgan ko‘chalaridan biri. Avgust oyida shaharga kelgan rossiyalik quruvchilar reja asosida vayron bo‘lgan uylarni buzib tashlashni boshladi
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Istilodagi shahar aholisi. 11 avgust kuni shahar meri Vadim Boychenko Rossiya mariupolliklarni Ukrainaga qarshi urushga safarbar qilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupolda hamon filtrlash lagerlari ishlamoqda, rossiyalik harbiylar odamlar shahardan chiqishiga yo‘l qo‘ymayapti.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shahar ko‘chalaridan birining avgust oyi oxiridagi ko‘rinishi. Mart oyi o‘rtalarida vayron qilingan Drama teatri binosi atrofi panjara bilan o‘rab qo‘yilgan. Shahar meri maslahatchisi Petro Andryushchenkoning fikricha, rossiyaliklarning vaqtincha ma’muriyati bu orqali «binoni to‘liq dezinfeksiya qilish va o‘z jinoyatlari izlaridan tozalash»ni ko‘zlagan. 
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vayron bo‘lgan binolardan biri «snos» qilinishi.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbass shimoli 

Donetsk oblasti Yenakiyevo shahriga Peterburgdan keltirilgan tramvaylar. Mahalliy nashrlar xabar qilishicha, Leningrad oblasti Yenakiyevoga shahar kuni munosabati bilan oltita tramvay hadya qilgan. Avvalroq Putinning qaroriga ko‘ra, «DXR» va «LXR»da bosib olingan hududlar Rossiya regionlariga «homiylik» uchun biriktirilgandi. Foto: Nikolay Trishin / TASS
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar rossiyalik harbiylar zarbasidan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda. Ukraina bosh shtabiga ko‘ra, 6 sentabrga o‘tar kechasi rossiyaliklar Baxmut va Konstantinovkadagi obektlarni o‘qqa tutgan.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain o‘t o‘chiruvchilari turar joydagi yong‘in hududida ishlayotgan chog‘da baxmutliklar ko‘chada turibdi.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Seversk shifoxonasi tomorqasidagi yangi qabrlar. Bu uchastkada Rossiya hujumlari, otishmalar va aviazarbalar davom etmoqda.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Severskda yerda yotgan bolalar o‘yinchog‘i. Foto muallifi aytishicha, shaharda birorta butun bino qolmagan.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Seversk aholisi. Ukraina nazoratida saqlab qolayotgan shaharda ko‘plab tinch aholi vakillari bor.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Seversk aholisi vakillari. Avgust oyi oxirida britan razvedkasi rossiyaliklarning Donbassdagi hujumlari kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi. Donetskdan shimolda aynan Seversk va Baxmut hududida intensiv janglar davom etmoqda.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Slovyanskda portlashdan hosil bo‘lgan o‘ra. Snaryad Qizil Xochning Ukraina bo‘limi joylashgan bino yaqiniga tushgan. Ukraina shaharni o‘z nazoratida saqlab qolmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Tezkor harakatlanish otryadi boshlig‘i Taras Loginov Rossiyaning Slovyanskka bergan navbatdagi zarbasidan keyin Qizil Xochning Ukraina bo‘limi joylashgan bino ichida. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Slovyanskdagi turar joylar hududida yerga qadalib qolgan raketa yonidan velosipedda o‘tayotgan kishi.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid