Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temiryo‘li qurilishi boshlanadi
ShHT Samarqand sammiti doirasida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temiryo‘li bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.
ShHT Samarqand sammiti doirasida 14 sentabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi, Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temiryo‘li qurilishi (Qirg‘iziston hududida) loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.
Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston hududidagi temiryo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023 yil birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan.
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda tomonlar ishtiroki, moliyalashtirish va xarajatlarni taqsimlashiga aniqlik kiritilgan.
Bundan oldin Qirg‘iziston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asosni tayyorlashga kirishgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025