O‘zbekiston | 10:45 / 01.10.2022
7433
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’yektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

  • davlat organlari va muassasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat organlarini tugatish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti;
  • yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti;
  • advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti;
  • uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti;
  • tadbirkorlik sub’yektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslar davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • tadbirkorlik sub’yektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ikki oy muddatda davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni (nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va ta’sis hujjatlari) Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi.

Adliya vazirligi endilikda davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlarni yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, ular reyestrini yuritib boradi.

Mavzuga oid